G‘allaorol tumanidagi otaliqqa olingan yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i G‘allaorol tumanidagi otaliqqa olingan yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazib, unda boshqarma boshlig‘i va tizim faxriylari ishtirok etdi. Tadbirda faxriylar o‘zlarining uzoq yillik ish tajribalari, hayot saboqlari haqida o‘rtoqlashdilar. Shuningdek, yoshlarning fikr-mulohozalari eshitilib, bir guruh faol yoshlarga boshqarma boshlig‘ining esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.