Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda uning barcha shahar va tuman bo‘limlari tomonidan otaliqqa olingan yoshlar bilan tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Xususan, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida ochiq eshiklar kunlari, shaxmat, shashka musobaqalari va xonadonbay yurish orqali ishlar tashkil qilinib, birma bir yoshlarning muammolari o‘rganilmoqda va ularning masalasiga yechim topish borasida zarur choralar amalga oshirilmoqda.