Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga biriktirilgan Guliston tumani 2-sektoridagi "Sohilobod" va "Terakzor" mahallalaridagi otaliqqa olingan yoshlarni ish bilan taʼminlash, ularni har tomonlama qo'llab-quvvatlash maqsadida boshqarma boshlig'i va otaliqqa olingan yoshlar o'rtasida "Rahbar va yoshlar uchrashuvi" o'tkazildi.
Uchrashuvda ishtirok etgan barcha yoshlarning muammolari o'rganilib, ularning masalasiga yechim topish borasida zarur choralar amalga oshirildi. Xususan, tikuvchilik faoliyatini boshlash va kengaytirish, boshqa turdagi faoliyatlar bilan o'z-o'zini band qilish istagini bildirgan yoshlarga tikuv mashinkalari, payvandlash uskunalari olib berildi.