Namangan shahrida "Rahbar va yoshlar uchrashuvi" boʻlib oʻtdi

Kecha, 27-avgust kuni Namangan viloyati FVB boshligʻi tomonidan Namangan shahar va Davlatobod tumanida otaliqqa olingan yoshlar bilan uchrashuv oʻtkazdi. Tadbirda boshqarma boshligʻi va Harbiy prokuratura mas’ul xodimi ishtirok etib, oʻzlarining uzoq yillik ish tajribalari, hayot saboqlari haqida oʻrtoqlashdilar. 

 

Shuningdek, sohaning faoliyat samaradorligini oshirishga qaratilgan islohotlar, Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi va Temurbeklar maktabida yaratilgan shart-sharoit va imkoniyatlar toʻgʻrisida soʻz yuritdilar. Tadbir yakunida bir guruh faol yoshlarga boshqarma boshligʻining esdalik sovgʻalari tantanali ravishda topshirildi.