Kecha, 27-avgust kuni Navoiy viloyati FVB xodimlari tomonidan "Navoiy xalqaro aeroporti"da MChJ rahbar xodimlari va Fuqaro muhofazasi tuzilmalari bilan zilzila oqibatlarini bartaraf etish ishlarini tashkil qilish boʻyicha maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi. Shuningdek, tadbirda yong‘inlarning oldini olish, favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakat qilish hamda uning oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha ishtirokchilarning bilim va malakalari oshirilib, harakatlari takomillashtirildi.