Toshkent shahar FVB boshligʻi tomonidan Shayxontohur tumanida otaliqqa olingan yoshlar bilan uchrashuv oʻtkazildi. Tadbirda boshqarma boshligʻi va Harbiy prokuratura mas’ul xodimi hamda soha faxriylari ishtirok etib, oʻzlarining uzoq yillik ish tajribalari, hayot saboqlari haqida o‘rtoqlashdilar.
Shuningdek, yoshlarga yetuk kadr bo‘lib yetishish uchun Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi va Temurbeklar maktabida haqida ma’lumot berilib, yaratilgan shart-sharoit va imkoniyatlar toʻgʻrisida soʻz yuritildi. Tadbir yakunida bir guruh faol yoshlarga boshqarma boshligʻining esdalik sovgʻalari tantanali ravishda topshirildi.