Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi

Bugun, 29-avgust kuni Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i tomonidan tizimda otaliqqa olingan yoshlar bilan sayyor qabul o‘tkazildi.

 

Sayyor qabul davomida yoshlarning bir qator murojaatlari eshitilib, joyida ijobiy hal etish masalalari ko‘rib chiqildi va huquqiy tushuntirish berildi. Muddat talab etiladigan murojaatlar tegishliligi bo‘yicha mas’ullar tomonidan nazoratga olindi.