“1-sentabr – O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi kuni: Mustaqillik buyuk ne’mat”

Bugun, 30-avgust kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligi shaxsiy tarkibi ishtirokida navbatdagi “1-sentabr – O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi kuni: Mustaqillik buyuk ne’mat” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik o‘quv mashg‘uloti poytaxtimizning Yunusobod tumanida joylashgan “Olimpiya va paralimpiya shon-shuhrati” muzeyida o‘tkazildi.

 

Mashg‘ulot davomida muzeyga tashrif buyurgan shaxsiy tarkibga yurtimiz sportchilarining Olimpiya o‘yinlarida erishgan yutuqlari, medallar, kuboklar va boshqa shunga oid eksponatlar to‘g‘risida ma’lumotlar berilib, muzey faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi. Xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan atroflicha javoblar oldilar.