Toshkent viloyatida otaliqqa olingan yoshlar bilan tizimli ishlar davom etmoqda

Toshkent viloyati FVB tomonidan otaliqqa olingan yoshlarni favqulodda vaziyatlarga tayyorgarligini oshirish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, bandligini ta'minlash, muammolarini hal etish, yer ajratish bo‘yicha tizimli ishlar tashkil etib kelinmoqda.

Shuningdek, mahallalardan biriktirilgan og‘ir toifadagi yoshlarga ajratilgan yer maydonlariga ekilgan ekinlar holati ko‘zdan kechirilib, amaliy yordamlar ko‘rsatish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.