Joriy yilning kunlari 26-29-avgust Shahrisabz “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida 2024-2025-oʻquv yilini sifatli va samarali tashkil etish boʻyicha oʻquv-uslubiy seminar oʻtkazildi.
Oʻquv-uslubiy seminarda Shahrisabz davlat pedagogika instituti hamda Harbiy-akademik litseyning tajribali professor-oʻqituvchilari tarkibidan taʼlim jarayonini tashkil etishga oid dolzarb mavzular asosida maʼruza va amaliy mashgʻulotlar oʻtkazildi.
Oʻquv-uslubiy seminar yakuni boʻyicha pedagog xodimlardan sinovlar qabul qilindi. Sinov natijalariga koʻra oʻzlashtirish aʼlo bahoga baholandi.