O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz uch yilligi munosabati bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligida tantanali tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda so‘zga chiqqan O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.X.Qo‘ldoshev bayram munosabati bilan faxriylar, harbiy xizmatchilar va xizmatchilarni qizg‘in qutladi.
Tadbir davomida bir guruh harbiy xizmatchilarga davlat mukofotlari, esdalik sovg‘alar, shuningdek, FVV Akademiyasi qoshidagi ofitserlar tayyorlash kursini tamomlagan oddiy askar va serjantlar tarkibida kontrakt asosida xizmat qilayotgan oliy maʼlumotli harbiy xizmatchilarga dastlabki ofitserlik “leytenant” harbiy unvonlari tantanali ravishda topshirildi.
Tadbirning badiiy qismida FVV Akademiyasi orkestri tomonidan ijro etilgan Vatanni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar ishtirokchilarga yuqori kayfiyat bag‘ishladi.
Fursatdan foydalanib, vazirlik rahbariyati hamda shaxsiy tarkibi nomidan yuksak e’tirofga sazovor bo‘lgan harbiy xizmatchilarni samimiy qutlaymiz.