"Bir bo‘lsak - yagona xalqmiz, birlashsak - Vatanmiz!"

Bugun, Shahrisabz “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida "Bir bo‘lsak - yagona xalqmiz, birlashsak - Vatanmiz!" shiori ostida O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligi hamda 2024-2025- o’quv yili  boshlanishi munosabati bilan tantanali tadbir o’tkazildi. 

Tadbir davomida o‘tgan o’quv yilida alohida oʻrnak koʻrsatgan harbiy xizmatchi va xizmatchilarga HAL rahbariyatining "Faxriy yorlig‘i" va esdalik sovgʻalari topshirildi.

Tadbirning badiiy qismidan soʻng ota-onalar harbiy-akademik litseyda yaratilgan shart-sharoitlar, yotoqxonalar, oshxona, dars jarayonlari, o‘quvchilarning faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.