Bugun, 4-sentyabr kuni soat 16:00 da Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani, “G‘azalkent-Chirchiq” yo‘lida harakatlanib ketayotgan “JETOUR” rusumli avtomobil haydovchisi boshqaruvni yoqotib, Oqtosh ko‘prigidan G‘azalkent suv taqsimlash inshootiga tushib ketganligi haqida xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra zudlik bilan aytilgan manzilga FVV qutqaruvchilari yetib borib, maxsus texnika va asbob-anjomlar yordamida avtomobilni suv taqsimlash inshootidan olib chiqdi. Avtomobilda yo‘lovchilar bo‘lmagan.