Joriy yilning 5-11-sentabr kunlari Xitoyning Xarbin shahrida yong‘in-qutqaruv sporti bo‘yicha erkaklar o‘rtasida XIX Jahon Chempionati va ayollar o‘rtasida X Jahon Chempionati bo‘lib o‘tadi. Nufuzli turnirda ishtirok etish uchun O‘zbekiston terma jamoasi bugun tungi reys bilan Xarbin shahriga jo‘nab ketadi. Sportchilarimiz delegatsiyasiga Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari S.T.Zuparov rahbarlik qilmoqda. Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston yong‘in-qutqaruv sporti erkaklar terma jamoasi amaldagi Jahon Chempioni hisoblanadi. Terma jamoamiz 2023-yilda Turkiyada o'tkazilgan Jahon Chempionatida ushbu chempionlikni qo'lga kiritgan. Sportchilarimizga ushbu Jahon Chempionatida ulkan zafarlar tilab qolamiz.