Uchrashuv davomida FVB boshlig‘i va faxriylar tomonidan bugungi kunda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar shart sharoitlar va ushbu imkoniyatlardan unumli foydalanish to‘g‘risida so‘z yuritilib, o‘zlarining kasbiy bilim va tajribalari bilan o‘rtoqlashtilar.
Ushrashuv doirasida Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tashabbusi bilan Navoiy shahridagi yosh tadbirkor tomonidan faoliyat olib borayotgan avtomobillarni ehtiyot qismlarini ishlab chiqarish korxonasi faoliyati bilan yaqindan tanish maqsadida ekskursiya tashkil etildi.
Shuningdek, mazkur o‘tkazilgan tadbirlar davomida vaqtincha ishsiz yoshlarning 4 nafari Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga 3 nafari ishlab chiqarish korxonasining bo‘sh ish o‘rinlariga tavsiya etilib, doimiy ish bilan ta’minlandi.