Kuni kecha, "LUOK" MChJning Buxoro viloyatidagi obyektlarda yong'inlada xavfsizligini ta'minlashni tashkil etish bo'limi yosh harbiy xizmatchilari ishtirokida "Uch avlod uchrashuvi" boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda vazirlik tizimida koʻp yillar davomida xizmat olib borgan faxriylar va rahbar xodimlar ishtirok etdi. Tadbir davomida faxriylar o‘zlarining mashaqqatli kasb faoliyati va tajribalarini yosh harbiy xizmatchilar bilan o‘rtoqlashdilar. Jarayonda bir guruh harbiy xizmatchilarga navbatdagi harbiy unvonlar hamda fidoiy xizmat qilib, kasbdoshlariga o‘rnak bo‘lgan xodimlarning onalariga tashakkurnomalar tantanali topshirildi.