Toshkent shahar FVBda "Rahbar va yoshlar uchrashuvi" boʻlib oʻtdi

Toshkent shahar FVB boshligʻi Chilonzor va Olmazor  tumanlarida otaliqqa olingan yoshlar bilan uchrashuv oʻtkazdi. Tadbirda rahbar va faxriylar  oʻzlarining uzoq yillik ish tajribalari, hayot saboqlari bilan oʻrtoqlashdilar. Shuningdek, sohaning faoliyat samaradorligini oshirishga qaratilgan islohotlar, FVV Akademiyasi va “Temurbeklar maktabi” HALda yaratilgan shart-sharoit va imkoniyatlar toʻgʻrisida soʻz yuritdilar. Tadbir yakunida bir guruh faol yoshlarga boshqarma boshligʻining esdalik sovgʻalari tantanali ravishda topshirildi.