Samarqand viloyati FVB hamda uning barcha shahar-tuman bo‘limlari tomonidan otaliqqa olingan yoshlar o‘rtasida sportning “Voleybol" turi bo‘yicha o‘tkaziladigan “Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i kubogi" musobaqasiga start berildi.
Kuni kecha, musobaqaning Jomboy tuman bosqichi o‘tkazilib, unda viloyat FVB boshlig‘i musobaqada ishtirok etayotgan jamoalarga muvafaqiyat tiladi.
Ushbu musobaqada tumandagi 2-sektor hududidagi mahallalarda FVB xodimlari tomonidan otaliqqa olingan va uyishmagan yoshlardan iborat 5 ta jamoa g‘oliblik uchun murosasiz va qizg‘in bahs olib bordi.
Yakuniy natijalarga ko'ra, 1-o'rinni Sherqo'rg'on mahallasi yoshlari jamoasi qo'lga keritib, musobqaning viloyat bosqichiga yo'llanmaga ega bo'ldi.
G'olib va sovrindorlar estalik sovgʻalar bilan taqdirlandilar.