Avval xabar berganimizdek, bugun 10-sentabr kuni soat 14:15 da Zangiota tumani, “Erkin” MFYda joylashgan bo‘yoq (kraska) ishlab chiqarish sexi binosida yong‘in sodir bo‘ldi.
Yong‘in o‘chirish ekipajlari tomonidan yong‘in soat 17:00 da qurshab olinib, soat 18:56 da batamom o‘chirildi.
Yong‘in natijasida tan jarohati olgan va vafot etgan fuqarolar to‘g‘risida xabar kelib tushmadi.
Yong‘inni bartaraf etish jarayoni Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.X.Qo‘ldoshev nazoratida amalga oshirildi.
Ayni vaqtda yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.
Hurmatli fuqarolar, Favqulodda vaziyatlar vazirligi sizlardan yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilishingizni so‘rab qoladi.