Jomboy tumanida Samarqand viloyati FVB boshlig‘i podpolkovnik N.Kadirov ishtitokida FVBga biriktirilgan otaliqqa olingan yoshlar bilan “Rahbar va yoshlar” uchrashivi o‘tkazildi.
Uchrashuvda rahbarlar bugungi kunda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, shart-sharoitlar va ushbu imkoniyatlardan unumli foydalanish to‘g‘risida so‘z yuritib, oʻzlarining kasbiy bilim va tajribalari bilan oʻrtoqlashdilar.
Shuningdek, tumandagi 54-maktab hovlisida otaliqqa olingan yoshlardan iborat 12 ta jamoalar ishtirokida “Zakovat intellektual o‘yini” ham bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv so‘ngida faol ishtirok etgan yoshlarga diplom, estalik sovg‘alari va kitoblar to‘plami topshirildi.