Bugun, 12-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Qurolli Kuchlar tizimidagi vazirlik va idoralar rahbariyati tomonidan Namangan viloyatining Pop tumanida harbiy xizmatchi va xizmatchilar hamda ularning oila a’zolari uchun ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi.
Unda Favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari polkovnik X.Alibayev ishtirok etib, viloyat FVB tizimida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchi va xizmatchilar, ularning oila a’zolari, shuningdek fuqarolarning turli yo‘nalishlardagi murojaatlari tinglandi va bayon etilgan masalalar mas’ullar ishtirokida ko‘rib chiqildi. Asosiy e’tibor murojaatlarni o‘z vaqtida hal etishga qaratilib, mutasaddilarga vazifalar yuklatildi va ijrosi nazoratga olindi.