Xorazm viloyati FVB xodimlari tomonidan Xiva shahridagi “G‘ovuk ko‘l” turizm markazida olib borilayotgan qurilish obyektlarida nazorat hamda profilaktik tadbirlar olib borildi.
Unda, qurilish ishlari davomida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan favqulodda vaziyatlar va yong‘inlarning oldini olish maqsadida, mas’ullarga texnika xavfsizligi va yong‘in xavfsizligi yo‘nalishida tavsiya va yo‘riqnomalar berildi.