Navoiyda “Favqulodda vaziyatlar vaziri kubogi”ning viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi

Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi hamkorligida FVB tomonidan otaliqqa olingan yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, ularning qobilyati va mahoratini namoyon etishlari uchun sharoit yaratish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida “Yurtning kuchi - birlikda, qadri esa tinchlikdadir” shiori ostida “Favqulodda vaziyatlar vaziri kubogi” sport musobaqalari va ko‘rik-tanlovlarning viloyat bosqichi o‘tkazildi. 

 G‘olib va sovrindorlar viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashining diplom, medal, kubok va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Shuningdek, g‘olib jamoa respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.