Samarqand va Navoiy viloyatlarida o‘tkazilgan maxsus-taktik o‘quv mashqi 

Samarqand viloyatining Samarqand shahrida joylashgan “Yoshlar  markazi” va Navoiy viloyatining Navoiy shahrida joylashgan “Navoiy-Mehmonxonasi”da FVB xodimlari va tegishli tashkilotlar ishtirokida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi. 

O‘quv mashqi doirasida yuqori qavatli binolarda shartli yuzaga kelgan yong‘inni bartaraf etish, bino ichida qolgan fuqarolarni xavfsiz hududga evakuatsiya qilish, jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish tadbirlari amalga oshirilib, ishchi-xizmatchilar hamda shaxsiy  tarkib bilim va ko‘nikmalari mustahkamlandi.