Namangan viloyatida qirg‘oq mustahkamlash tadbirlari o‘rganildi

Namangan viloyati FVB boshlig‘i va viloyat hokimi o‘rinbosari tomonidan aholi va hududlarni sel, suv toshqinlari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish maqsadida, Uchqo‘rg‘on tumani Eshontupi MFY xududdidan oqib o‘tuvchi Norin daryosida olib borilayotgan o‘zan tozalash, qirg‘oq mustahkamlash va damba tiklash ishlarining holati o‘rganildi. O‘rganishlar davomida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan mas'ullarga kerakli tavsiyalar berildi.