Bugun, 8-noyabr kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligi Markaziy apparatida navbatdagi “Ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik” mashg‘uloti “Jadidchilik harakatida ma’naviy-ma’rifiy masalalar: Abdulla Avloniy jadidchilik harakati rahnamolaridan biri” mavzusida bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Abdulla Avloniy avlodi falsafa fanlari doktori (Phd), kimyo fanlari nomzodi Jamshid Kenja Avloniy, harbiy xizmatchilar va xizmatchi xodimlar ishtirok etdi.
Unda XIX asr oxiri XX asr boshidagi o‘zbek milliy madaniyatining mashhur vakillaridan biri ma’rifatparvar shoir, dramaturg, jurnalist, olim, davlat va jamoat arbobi, jadidchilik harakati rahnamolaridan biri bo‘lgan Abdulla Avloniy hayoti va ijodi to‘g‘risida ma’ruzachilar tomonidan ishtirokchilarga ma’lumotlar berildi.
Ko‘tarinki ruhda o‘tkazilgan tadbir so‘ngida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar oldi.