YO‘L QOIDASI – UMR FOYDASI

Kuni kecha, FVV Akademiyasida “Yo‘l qoidasi – umr foydasi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirda Akademiya boshlig‘i general-mayor R.Xaydarov, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi YHXB Axborot xizmati boshlig‘i podpolkovnik Q.Xudayberganov hamda Akademiya harbiy xizmatchi va xizmatchi xodimlari, kursantlar ishtirok etdi. Tadbir doirasida ma’ruzachilar qatnashchilarga yo‘lda harakatlanish qoidalari va xavfsizlik choralari haqida ma’lumotlar berdi. Shuningdek, Tadbir davomida ishtirokchilar bilan muloqot tashkil qilinib, ular o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.