Joriy yilning 5−10-noyabr kunlari Toshkent shahridagi Humo arena muz saroyida aralash jang san’ati sport turi (MMA) bo‘yicha yoshlar va o‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempionati o‘tkazilmoqda. Unda 67 ta mamlakatdan 600 nafarga yaqin sportchilar ishtirok etmoqda.
Quvonarlisi, mazkur musobaqada bugun Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimi Firdavs Hayitmatov 56 kg vazn toifasida 3-o‘rinni egalladi.