“Yangilangan Konstitutsiya – Yangi O‘zbekistonning huquqiy poydevori”

Bosh Qomusimizning 32 yilligi arafasida O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti “Iqtisodiy xavfsizlik” mutaxassisligi magistratura tinglovchilari Toshkent shahar FVB xarbiy xizmatchilari va xizmatchilari hamda “Qanot Sharq” MChJ aviakompaniyasi ishchi xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Tadbirda kapitan N.Zurapova ma’ruza qilib, yangilangan Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini targ‘ib qilib, Bosh qomusimizda xalqimizning oliy maqsadi – Yangi O‘zbekistonni barpo etish bo‘yicha orzu-umidlari va intilishlari o‘z aksini topgani, shubhasiz, yangilangan Konstitutsiya adolatli jamiyat, ozod va obod Vatan qurish yo‘lidagi ulkan qadam bo‘lganini keng yoritdi.