Samarqand va Xorazm viloyatlari FVB xodimlari tomonidan kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish borasida kunu-tun kuchaytirilgan tartibda profilaktik tadbirlar olib borilmoqda.
Unda soha xodimlari ijtimoiy-iqtisodiy soha obyektlari, aholi yashash xonadonlari, bozorlar, savdo majmualari, qurilish obyektlari hamda tunda insonlar qoladigan maskanlarda o‘rganish va targ‘ibot tadbirlarini olib borib, aniqlangan kamchiliklar tegishliligi bo‘yicha mutasaddi tashkilotlar tomonidan bartaraf etilmoqda va fuqarolarga zarur tushuncha va tavsiyalar berilmoqda.