Qashqadaryo viloyati FVB xodimlari tomonidan "Taxtaqoracha" dovon hududida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi

Qashqadaryo viloyati FVB xodimlari tomonidan, Xavfli geologik jarayonlarni kuzatish davlat xizmati hamda FVDqT kiruvchi xizmatlar bilan hamkorlikda "Taxtaqoracha" dovon hududidan o‘tuvchi avtomobil yo‘lida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi. 

Unda, FVB qutqaruv otryadi qutqaruvchilari tomonidan avtomobillarni xavf-xatarsiz oʻtkazib yuborish maqsadida, nomustahkam toshlarni sun’iy tushirish ishlari amalga oshirilib, fuqarolar va transport vositalarining xavfsiz harakatlanishi ta’minlandi. Tadbir davomida IIV Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan yo‘lning ushbu qismida avtomobillar harakati xavfsizligi nazorat qilib borildi.