“Aksilkorrupsiya oyligi” doirasidagi tadbirlar

Farg‘ona va Xorazm viloyatlari FVB tomonidan “Aksilkorrupsiya oyligi” doirasida, jurnalist, bloger hamda korxona tashkilot axborot xizmati xodimlari uchun matbuot anjumani va "Ochiq eshiklar" kuni o'tkazildi. 

Mazkur tadbirda soha faoliyati ko‘lami, undagi korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati, shuningdek, faoliyatining ochiqligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida OAV vakillariga ma’lumotlar berildi. Tadbirda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutasaddilardan atroflicha javoblar oldilar.