Joriy yilning 30-noyabr kunidan 1-dekabr kuniga qadar Qirg‘iz Respublikasi Bishkek shahrida sportning “Mas Wrestling” turi bo‘yicha Jahon chempionati o‘tkazildi.
Unda Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Olmaliq yong‘in-qutqaruv otryadi qutqaruvchi haydovchisi Zuxriddin Yo‘ldoshev Turkmaniston, Qozog‘iston, Meksika hamda Qirg‘iziston davlatlari sportchilari bilan kuch sinashib, 2-o‘rinni egalladi.
Fursatdan foydalanib, hamkasbimizni ushbu muvaffaqiyat bilan qizg‘in muborakbod etib, kelgusida tashkil etiladigan musobaqalarda ham omad va zafarlar tilab qolamiz.