Respublikamizning barcha hududlarida “Bor mehrimiz senga, bolajon!” xayriya qon topshirish aksiyasi o‘tkazilmoqda. Ushbu ezgu va hayrli tadbirlarda shaxsiy tarkib faol ishtirok etib, ko‘ngillilar qatorida onkologik va oq qon kasalligiga chalingan bolajonlar uchun qon topshirdilar. Joylarda ushbu ezgu tashabbuslar davom ettirilmoqda.