Buxoro viloyatining Romitan va Peshku tumanlarida qo‘mondonlik-shtab o’quv mashqlari bo‘lib o‘tdi

Buxoro viloyatining Romitan va Peshku tumanlarida zilzila vaqtida obyektlarda shartli ravishda sodir bo‘lgan yong’in va favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish bo‘ycha qo‘mondonlik-shtab o’quv mashqlari bo‘lib o‘tdi. 

Unda jabrlanganlarni xavfsiz joyga evakuatsiya qilish va birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish borasida FVDTning o‘zaro hamkorlikdagi harakatlari sinovdan o‘tkazilib, ularning bilim, ko‘nikmalari mustahkamlandi.