Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbarligida Toshkent viloyatida ixtisoslashtirilgan xizmatlarning yaqinlashib kelayotgan sovuq ob-havoga tayyorgarligini sinovdan o‘tkazish bo‘yicha qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari yakunlandi. Mashqlar jarayonini Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.X.Qo‘ldoshev boshqarib bordi.