Namangan viloyati FVB boshlig‘i va mas'ullari tomonidan aholi va hududlarni sel, suv toshqinlari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish maqsadida, Norin daryosining Norin tumani, "Uchtepa" MFY hududidan oqib o‘tuvchi qismida olib borilayotgan o‘zan tozalash, qirg‘oq mustahkamlash va damba tiklash ishlarining holati o‘rganildi. O‘rganishlar davomida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan mas'ullarga kerakli tavsiyalar berildi.