Farg‘ona viloyati FVB tomonidan “Keksalar uchun turizm oyligi” doirasida sayohat tadbiri tashkil etildi

Fargʻona viloyati FVB tomonidan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi bilan hamkorlikda “Keksalar uchun turizm oyligi” doirasida tizimda ko‘p yillar ishlab hozirda nafaqa gashtini surayotgan keksa faxriylar va yosh avlod uchun Samarqand viloyatiga  sayohat tadbiri uyushtirildi. 

Mazkur tadbirda,  faxriylar va yosh avlod boqiy shahar va qadimiy obidalar bilan tanishib, sayohatlardan madaniy va ma’rifiy hordiq chiqardilar. Bundan tashqari, musiqiy va madaniy tadbirlar ularning kayfiyatini yanada ko‘tardi.