FVV qutqaruvchilari bolajonga amaliy yordam ko‘rsatdi

Kecha, 10-dekabr kuni soat 14:45 da Toshkent viloyati, Ohangaron shahar FVBga “Baxt” MFY hududida 8 yoshli bolani ko‘rsatkich barmog‘i bolalar oʻyin maydonchasidagi temir tuynuk orasida siqilib qolganligi toʻgʻrisida murojaat kelib tushgan.

Zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan qutqaruvchilar maxsus uskunalar yordamida bolaning barmog‘ini jarohatlarsiz chiqarib olib, amaliy yordam ko‘rsatgan va ota-onasiga sog‘-omon topshirgan. 

Shu o‘rinda, Favqulodda vaziyatlar vazirlig barcha ota-onalardan farzandlarini nazoratsiz qoldirmaslikni so‘rab qoladi.