Favqulodda vaziyatlar vazirligining Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi hamda Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan "Taxtaqo‘racha" va "Oqrabod" dovonlarida maxsus-taktik o‘quv mashqlari o‘tkazildi. Mashqlar davomida avtomobil yo‘liga xavf tug‘diruvchi yirik hajmdagi nomustahkam toshlarni sun’iy tushirish ishlari tashkil etildi. Tadbirda Favqulodda vaziyatlar davlat tizimiga kiruvchi tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.