Buxoro viloyati FVB tomonidan hamkorlikdagi tashkilotlar bilan birgalikda Buxoro markaziy dehqon bozorida tungi maxsus-taktik mashq o‘tkazildi.
Unda, tungi vaqtda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘in va favqulodda vaziyatlarning oldini olish, jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, fuqarolarni xavfsiz joyga evakuatsiya qilish ishlari amalga oshirilib qutqaruvchilarning bilimlari va ko‘nikmalari mustahkamlandi.