Joylarda “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik” doirasida tadbir tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Andijon, Farg‘ona, Sirdaryo, Buxoro, Toshkent, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlari FVBlari tomonidan   “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik” doirasida tadbir tashkil etildi.

Unda,  xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikni oldini olish, gender tenglik, ayollar va erkaklarning  teng huquqliligi  bo‘yicha davra suhbati tashkil etilib, ishtirokchilar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar oldilar.