Samarqand viloyati FVB xodimlari tomonidan ''Yong‘in xavfsizligi oyligi'' doirasida Payariq tumanida qurilishi davom etayotgan ''Imom al-Buxoriy yodgorlik majmuasi''da maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.
O‘quv mashqi davomida majmuada shartli yong‘in yuzaga kelgan bo‘lib, yong‘inni zudlik bilan bartaraf etish, ishchi-xizmatchilarni xavfsiz hududga evakuatsiya qilish, jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish tadbirlari amalga oshirildi. Jarayonda maxsus xizmatlar va navbatchi ishchi xodimlarning shayligi hamda o‘zaro hamkorlikda harakatlari sinovdan o‘tkazildi.