Hurmatli fuqarolar !

🔹Gidrometeorologiya xizmati agentligi tomonidan berilgan ma'lumotga ko‘ra, joriy yilning 15-17-dekabr kunlari O‘zbekiston hududiga nam va sovuq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. 

🔹15-dekabrdan 16-dekabrga o‘tar kechasi respublika bo'yicha yog'ingarchilik (yomg'ir, qor) kuzatiladi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 20-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. 

🔹15-dekabrdan havo harorati pasayib, 16-17 dekabr kunlari kechalari 8-13 daraja sovuqqacha, ba’zi joylarda 15 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 0-5 daraja sovuq bo'lishi kuzatiladi.

🔹Yo'llarda yaxmalak bo'ladi.

💢 Shu munosabat bilan, Favqulodda vaziyatlar vazirligi barcha fuqarolardan is gazidan zaharlanish, gaz-havo aralashmasining chaqnashi, yong‘in va boshqa turdagi favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida,  isitish moslamalaridan foydalanishda yong‘in va texnika xavfsizligi qoidalariga qat'iy rioya qilishni so‘rab qoladi.

Is gazidan zaharlanishdan ogoh bo‘ling!