🔰Odamlar kunu tun bo‘ladigan obyektlarga va turar joylarga qo‘yiladigan yong‘in xavfsizligi talablarini bilasizmi❓

🔷Qonunchilikka ko‘ra, shaharsozlik normalari va qoidalarida nazarda tutilgan talablardan tashqari yakka tartibdagi va ko‘p kvartirali uylarning turar joylarida, yotoqxonalarning yashash xonalarida, joylashtirish vositalari nomerlarida yong‘in, portlash va yong‘in-portlash xavfi bo‘lgan modda va materiallar ishlatiladigan va saqlanadigan turli ishlab chiqarish va omborxonalarni tashkil etish taqiqlanadi, shu jumladan, ulardan foydalanish maqsadlari o‘zgarganda ham (ijaraga berilishida ham).

🔷Tungi vaqtdagi navbatchi (qorovul) shahar telefon tarmog‘iga ulangan telefon apparati mavjud bo‘lgan xonada bo‘lishi kerak, ularga uxlash va obyekt hududini tark etishga ruxsat etilmaydi.

🔷Bino qavatlarining yo‘laklarida, xollarda va boshqa evakuatsiya yo‘llarida jihozlarni joylashtirish taqiqlanadi❌