O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining tegishli buyrug‘i bilan polkovnik Ayubov Shukurllo Hamroyevich Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar polkovnik Ayubov Shukurllo Hamroyevich O‘zbekiston Respublikasi FVV Boshlang‘ich tayyorgarlik va malaka oshirish markazi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Shu munosabat bilan vazirlik rahbariyati Shukurllo Hamroyevichga kelgusidagi xizmat faoliyatlarida omad va zafarlar tilab qoladi.