O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Kitobxon onalar kuni” tadbiri doirasida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi va Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan “Kitobxon harbiy oilalar” mavzusidagi adabiy-badiiy kecha bo‘lib o‘tdi
An’anaviy tarzda respublikamizning barcha viloyatlari xotin-qizlari qo‘mitalari, AKM va TAKMlariga ZOOM platformasi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatilgan mazkur tadbirda O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi harbiy kitobxon onalar, yozuvchi va shoiralar hamda keng kitobxonlar ommasi ishtirok etdilar.
Tadbirda , O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan Vatanimizga sadoqat bilan xizmat qilib kelayotgan, yurtimiz sarhadlarini mustahkam saqlab, tinchlik-osoyishtalikni ta’minlash yo‘lida kuch-g‘ayratini ayamayotgan harbiy ayollarimiz esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.