O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining tegishli buyrug‘i bilan polkovnik Tishabayev Alisher Yuldashevich FVV Boshlang‘ich tayyorgarlik va malaka oshirish markazi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar polkovnik Tishabayev Alisher Yuldashevich
O‘zbekiston Respublikasi FVV Akademiyasi kafedra boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Shu munosabat bilan vazirlik rahbariyati Alisher Yuldashevichga kelgusidagi xizmat faoliyatlarida omad va zafarlar tilab qoladi.