O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Qurolli Kuchlar tizimidagi vazirlik va idoralar rahbariyati tomonidan Xorazm viloyati Tuproqqal'a tumanida harbiy xizmatchi va xizmatchilar hamda ularning oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, mavjud muammolarni joylarga chiqqan holda o‘rganib, hal qilinishini ta’minlash maqsadida, ommaviy sayyor qabul o‘tkaziladi.
Qabul 2025-yil 24-yanvar kuni soat 12:00 da Tuproqqal'a tumani 6-sonli bolalar "Musiqa va san'at maktabi"da boshlanadi.
Shu munosabat bilan, murojaatlaringiz bo‘yicha ushbu ommaviy sayyor qabulda ishtirok etish uchun taklif etamiz.