🔰Ayni vaqtda "Qamchiq" dovonining yuqori nuqtalarida qor yog‘moqda. FVV, YPX va "Qamchiqavtoyo‘l" IYFUK va boshqa tegishli tashkilotlar hamkorligida yo‘lni qordan tozalash, muzlamalar hosil bo‘lishining oldini olish maqsadida qum-tuz aralashmasini sepish ishlari ishlari olib borilmoqda. Shuningdek hohlovchi yo‘lovchilar uchun FVVning isinish maskanlari tashkil etilgan. Dovonda ikki tomonlama avtomobillarning harakati davom etmoqda.
💢Shu o‘rinda, Favqulodda vaziyatlar vazirligi yo‘l transport hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida, dovon hududida harakatlanishda haydovchilardan barcha xavfsizlik choralarini ko‘rishlarini so‘rab qoladi.